Налоговый консалтинг

Kameral soliq tekshiruvi olib tashlandimi ? QQS guvohnomasini to’xtatib qo’yish amaliyoti bekor bo’ldimi ?

Yuqoridagi sarlavhaga javoban Prezidentimizning tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarini amalga oshirish chora tadbirlari to’g’risida PQ 292-Son qaroriga asosan tadbirkorlarimizga bir qancha yengilliklar ko’rsatib o’tildi. Fintax jamoasi asosiy yangilliklar to’g’risida qisqacha tushuntirish berib o’tadi.

9 октября 2023

Kameral soliq tekshiruvi olib tashlandimi ? QQS guvohnomasini to’xtatib qo’yish amaliyoti bekor bo’ldimi ?

Qarorga oid tadbirkorlarga tegishli asosiy soliqqa oid o’zgarishlar quyidagilar :

1. Kameral soliq tekshiruvini o‘tkazishda quyidagilar taqiqlanadi (bundan QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish)da o‘tkaziladigan kameral soliq tekshiruvlari mustasno):

soliq to‘lovchining hududiga kirish , hududini va binolarini ko‘zdan kechirish , hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish , hujjatlari va buyumlarini olib qo‘yish.

Tushuntirish :

Ushbu band kameral tekshiruvi o’tkazilmasligi haqida emas, balki kameral tekshiruvida ortiqcha byurokratik to’siqlarni oldini olish hamda soliq organlari hodimlarini shaffof ishlashini ta’minlash uchun qaratilgan.

2. Belgilansinki:

a) QQSining salbiy summasi o‘rnini qoplashda (qaytarishda) soliq uzilishi (tax gap) koeffitsiyentini qo‘llash amaliyoti taqiqlanadi;

Tushuntirish :

Agar korxonada manfiy QQS summasi bo’lib, uni qaytarish uchun ariza berish jarayonida soliq uzilish koeffisenti endi ko’rib o’tilmaydi. Misol uchun korxonaning minus 1 (qizil)  koeffitsiyenti bo’la turib  manfiy QQS summasini qaytarishga ariza topshirsa manfiy koeffitsiyentga qaralamaydi.

b) QQSi bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish tartibi bekor qilinadi (bundan amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga nomuvofiq bo‘lgan holatlar mustasno);

Tushuntirish :

Tadbirkorlarning soliq majburiyati bo’yicha xavflilik darajasiga qarab uch toifaga ajratilgan edi.(Yashil , Sariq , Qizil ) Bunda soliq xavfi yuqori bo’lgan (Qizilda) qo’shilgan qiymat solig’I to’lovchilarining QQS guvohnomasi nofaol holatga keltirib, korxona QQS bilan xarid tovarlari uchun to’lagan QQS summasi hisobga olinmas edi. Natijada realizatsiyada ortiqcha soliq yuki yuzaga kelgan. Endilikda ushbu rejim olib tashlandi.

v) foyda solig‘i bo‘yicha har oy bo‘nak to‘lovlarini to‘lashi lozim bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari daromadining chegaraviy miqdori 5 milliard so‘mdan 10 milliard so‘mga oshiriladi;

Tushuntirish :

Agar o’tgan davrda soliq to’lovchi yuridik shaxslarning umumiy oboroti 5 milliardan oshgan taqdirda keyingi davr uchun (choraklik ) ehtimoliy foyda hisoblanib unga har oylik foyda solig’I bo’yicha bo’nak to’lovini amalga oshirish talab etilgan edi. Endilikda chegara summasi 10 milliardni tashkil etib , tadbirkorlar ehtiyorida qolgan bo’sh mablag’lar evaziga yanada ko’proq rivojlanishiga sababchi bo’ladi.

 g) 2024-yil 1-yanvardan boshlab:

iqtisodiy sudlar tomonidan soliq organlari ishtirokida ko‘rilayotgan ishlar ma’muriy sudlar yurisdiksiyasiga o‘tkaziladi;

soliq majburiyati bo‘yicha da’vo qilish muddati besh yildan uch yilga tushiriladi.

Tushuntirish :

Agarda sizda yuqori soliq xavfi aniqlanib soliq auditi tekshiruvi o’tqazish tayinlansa , sizni faoliyatingizni oxirgi besh yil bo’yicha tekshirish talab etilar edi. Yangi Qarrorga binoan bu muddat besh yildan uch yilga tushirildi.

Soliq tekshiruvi mobaynida besh yillik muddat bir muncha qiyinchilik tug’dirar edi. Sababi ushbu muddatda korxonada faoliyat yuritgan hodimlar (hisobchilar, moliyachilar va rahbarlar ) ma’lum sabablarga ko’ra bo’shatilgan yoki boshqa lavozimlarda ishlayotgan bo’lishlari mumkin.Yana bir noqulaylik kerakli hujjatlarni topish bilan bog’liq bo’lishi mumkin edi.

Хотите профессиональную консультацию?

оставьте заявку, и мы поможем вам получить бесплатную консультацию по вашему бизнесу